O‘zbekiston Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilari “BioLIVE China – 2025” va “CPhI China – 2025” xalqaro ko‘rgazmalarida ishtirok etdi

2025 yil 24–26 iyun kunlari Xitoyning Shanxay shahrida “BioLIVE China – 2025” va “CPhI China – 2025” xalqaro ilmiy-texnik hamda tibbiy ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasining rasmiy vakili sifatida ushbu yirik xalqaro tadbirda ishtirok etdim.

Mazkur tadbir farmatsevtika, biotexnologiya va tibbiyot sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalarni taqdim etuvchi muhim platforma bo‘lib, unda dunyoning 102 mamlakatidan 3 500 dan ortiq yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida farmatsevtik mahsulotlar, laboratoriya va diagnostika uskunalari, biotibbiyot vositalari, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari hamda innovatsion texnologiyalar keng ko‘lamda namoyish etildi.

Ko‘rgazma dasturi doirasida Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri — Golden Stapler Surgical Co., Ltd kompaniyasining ishlab chiqarish kompleksiga tashrif amalga oshirildi. Ushbu tashrif davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy jarrohlik asbob-uskunalari, sifat nazorati tizimi hamda innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishildi.

Ushbu xalqaro maydonda ishtirok etish O‘zbekistonning tibbiy sanoatini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda strategik sheriklik aloqalarini kengaytirish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi. Tadbir doirasida xorijiy kompaniyalar bilan konstruktiv muloqotlar olib borilib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Tibbiy asbob-uskuna sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, innovatsion yechimlardan samarali foydalanish hamda milliy mahsulotlarimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bunday xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish dolzarb va zaruriy strategik yo‘nalishlardan biridir.