O‘zbekiston tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tgan WHX Osaka 2026 (World Health Expo) xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
2026-yil 2–4-iyul kunlari INTEX Osaka ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan mazkur xalqaro tadbir sog‘liqni saqlash, tibbiy texnika va texnologiyalar sohasidagi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar hamda soha mutaxassislarini bir maydonda jamladi.
Ko‘rgazma doirasida Otabek Jiyanbayev xorijiy kompaniyalar va soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish va yetkazib berish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, ko‘rgazmada namoyish etilgan zamonaviy tibbiy uskunalar, innovatsion yechimlar va yangi texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi. O‘zbekiston tibbiyot sanoati korxonalari bilan xorijiy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish va istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.