Bugun O‘zbekiston tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar Uyushmasi raisi Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich Xitoylik tadbirkorlar Uyushmasi ijroiya raisi Lyu Dewen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki uyushma o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida B2B aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni rivojlantirish va yaqin istiqboldagi tashabbuslarni muhokama qilishdi.
Uchrashuvda tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdilar:
— mahalliy va xalqaro ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish;
— texnologik hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish;
— tibbiy texnika, qo‘shimcha sanoat mahsulotlari va servis infratuzilmasini rivojlantirish;
— O‘zbekiston va Xitoy tadbirkorlari o‘rtasida barqaror biznes platformalarini shakllantirish.
Muloqot nihoyasida O‘zbekiston tomoni tomonidan ikki uyushma o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘asi ijroiya raisi Lyu Dewenga topshirildi.
Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi. Tomonlar yaqin oylarda qo‘shma tadbirlar, ishlab chiqaruvchilar uchrashuvlari va yangi hamkorlik tashabbuslarini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.