Mahalliy tibbiy texnika ishlab chiqaruvchilar ishtirokida amaliy uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar Uyushmasi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Uyushma raisi Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich, agentlik direktori Azizov Abdulla Abdisalomovich va mahalliy tibbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tibbiy texnika ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulotlar sifati va ishonchliligini oshirish, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, jumladan Ubaydullaev Sobir Amirxanovich, Xramov Andrey, Tohriy Ulug‘bek - o‘z korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tibbiy uskunalar bo‘yicha yangiliklar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni bildirdilar. Shuningdek, sohada mahalliylashtirish darajasini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Muloqot yakunida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Azizov Abdulla Abdisalomovichga mahalliy tibbiy texnika sanoatini qo‘llab-quvvatlashdagi amaliy yondashuvi uchun Uyushmaning esdalik nishoni topshirildi.