2025-yil 4–6-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tgan “UzMedExpo-2025” — sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik va nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biridir. 17-marta o‘tkazilayotgan ushbu tadbir O‘zbekiston hukumati tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, innovatsiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
Ko‘rgazmada 100 dan ortiq xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarining tibbiy jihozlar, farmatsevtika, stomatologiya, axborot texnologiyalari va tibbiy turizm yo‘nalishlaridagi so‘nggi yangiliklarini taqdim etishmoqda. Bu, o‘z navbatida, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ilg‘or tajribani o‘rganish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratmoqda.
Tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda O‘zbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi sifatida men ham ishtirok etib, ko‘rgazma ochilish marosimida qatnashdik.
“UzMedExpo-2025” nafaqat sohadagi innovatsion mahsulotlarni namoyish etish, balki tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, diagnostika va davolash jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologiyalarni mamlakatimiz tibbiyot tizimiga tatbiq etish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
Mazkur ko‘rgazma, shuningdek, tibbiy turizmni rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini kengaytirish, tibbiyot sanoatini modernizatsiya qilish yo‘lida yangi istiqbollarni ochib bermoqda.
Жавохир Низомиддинов17:58
Tadbir “International Expo Group” tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi va sohaviy tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Ushbu platforma O‘zbekiston tibbiyot sohasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, innovatsion yechimlar almashinuvi va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
“UzMedExpo-2025” — bu sog‘lom jamiyat, raqobatbardosh tibbiyot industriyasi va kuchli innovatsion kelajak sari dadil qadamdir.
Hurmat bilan,
Otabek Jiyanbayev
O‘zbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar
va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi