O‘zbekiston va Eron hamkorligi yangi bosqichda

Kuni kecha O‘zbekistondagi Eron elchixonasida Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mohammad Ali Eskandari hamda O‘zbekiston Tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda tomonlar tibbiyot sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni almashish, sohadagi yangi tendensiyalar hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, O‘zbekistonda tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Eron tomoni investitsiyalar jalb etish bo‘yicha qator takliflar bildirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlarimiz tomonidan mamlakatimiz delegatsiyasi yaqin kunlarda Eronda bo‘lib o‘tadigan yirik tibbiyot asbob-uskunalari ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun taklif etildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Uchrashuv yakunida Otabek Jiyanbayev tomonidan Mohammad Ali Eskandari janoblariga O‘zbekiston Tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasining maxsus ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.