Joriy yilning birinchi choragidagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilganligi bejiz emas, jumladan, birlamchi tibbiyot tizimini aholimiz talablariga moslashtirish ishlarini davom ettirish va eng muhimi davlatimiz rahbari sohadagi mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalarni ham belgilab berdilar.
Kuni kecha Eron Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bir nechta kompaniya rahbarlari hamda O‘zbekiston Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi O.Jiyanbayev ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi. Tadbirda O. Jiyanbayev tomonidan Eron vakillaridan Abui Mehriziga maxsus ko`krak nishoni topshirildi.
Ushbu tadbir O`zbekiston hamda Eron o`rtasidagi tibbiyot sohasini yanada takomillashtirish, davlatlar o`rtasida hamkorlikni mustahkamlash, Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan dolzarb vazifalarni ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadbir so`nggida Eronda bo`lib o`tishi rejalashtirilayotgan tibbiy asbob-uskunalar ko`rgazmasiga O‘zbekiston Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi taklif etildi.
Bugun - Yangi O’zbekiston sharoitida xalqimiz sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish davlat siyosati darajasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan biriga aylanganligi hamda yuqoridagi kabi hamkorliklarning muhim davrda yo`lga qo`yilganligi Prezidentimiz topshiriq va ko‘rsatmalarining to`g`ri bajarilayotganligi isbotidir.