O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tibbiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

2026-yil 14-sentabr kuni “Xitoy (Guandun) – O‘zbekiston” savdo-iqtisodiy almashinuv davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish hamda yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Mazkur xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilari hamda yetkazib beruvchilari assotsiatsiyasi nomidan Assotsiatsiya raisi o‘rinbosari Aigerim Aliyeva ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoyning Guandun provinsiyasi o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Assotsiatsiya uchun, ayniqsa, tibbiy texnologiyalar, zamonaviy tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish hamda yetkazib berish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, tadbir xorijiy kompaniyalar bilan bevosita professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma loyihalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik tashabbuslarini ilgari surish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
Bunday xalqaro biznes tadbirlarida Assotsiatsiyaning faol ishtiroki O‘zbekiston tibbiy texnologiyalar sanoatining xalqaro aloqalarini mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni mamlakatimiz tibbiyot sohasiga keng joriy etishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy uskunalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilari hamda yetkazib beruvchilari assotsiatsiyasi Xitoydagi hamkorlar, ishlab chiqaruvchilar, investorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ochiq, konstruktiv hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor.