2026-yil 28-aprel kuni EUROUZ tomonidan Sog‘liqni saqlash va hayotiy fanlar qo‘mitasi doirasida gibrid shaklda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda davlat organlari, diplomatik missiyalar hamda farmatsevtika sanoati vakillari ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi Jiyanbaev Otabek Eshdavlatovich ham ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi so‘nggi bir yil davomida ishlab chiqilgan Qo‘mitaning White Paper hujjatini taqdim etish, uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Shuningdek, soha vakillari o‘zlarining yangilangan pozitsiyalarini taqdim etib, ochiq va konstruktiv muloqot olib bordilar. Davra suhbati sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, fikrlarni uyg‘unlashtirish hamda kelgusi hamkorlik bosqichlarini belgilash uchun muhim platforma bo‘ldi.
EUROUZ barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.