O‘zbekiston delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari

2025 yil 17–23 sentyabr kunlari O‘zbekiston Tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi delegatsiyasi Janubiy Koreya Respublikasiga xizmat safari uyushtirdi.

Safar doirasida delegatsiya a’zolari:
• 21st Gangwon Medical Equipment Show (GMES 2025) ko‘rgazmasida ishtirok etdi;
• Koreyaning yetakchi tibbiyot texnikasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi;
• hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordi hamda anglashuv memorandumlarini imzolash yuzasidan kelishuvga erishdi.

Safar davomida Janubiy Koreyaning The Standard Co., Ltd.va Tricos Co., Ltd. kompaniyalari bilan hamkorlikka oid kelishuvlarga erishildi. Ushbu kompaniyalar O‘zbekistonda tibbiy diagnostika asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish rejasini ma’lum qildi.
Жавохир Низомиддинов18:02

Shuningdek, O‘zbekistondan 5 ta mahalliy tibbiyot texnikasi ishlab chiqaruvchi korxona vakillari ham mazkur safarda ishtirok etdi. Delegatsiya Seul shahrida tibbiyot texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashrif buyurib, qo‘shma loyihalar va investitsion tashabbuslarni muhokama qildi.

Xizmat safari ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarni O‘zbekiston bozoriga jalb etish hamda mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda