Toshkentda Xalqaro Tibbiyot Pilot Zonasining Taqdimoti Bo‘lib O‘tdi
2024-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasi Guangxi Chzhuan avtonom hududi Fanchenggan shahrining Xalqaro ochiq tibbiy pilot zonasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yo‘llari belgilandi.
Pilot zona SHHT va ASEAN davlatlari uchun xalqaro tibbiy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish va gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish platformasini yaratishni maqsad qiladi. Bugungi kunda bu hududda an’anaviy tibbiyotni rivojlantirish, klinik tadqiqotlar o‘tkazish va dorivor moddalar ishlab chiqarish faol yo‘lga qo‘yilgan.
Tadbir Xitoyning Savdo boshqarmasi, Madaniyat va turizm boshqarmasi hamda Pilot zona Ma’muriy ofisi tomonidan tashkil etildi. Fanchenggan xalqaro tibbiyot pilot zonasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi xalqaro sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston tibbiyot asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi hamda yuqorida keltirlgan mas’ul tashkilotlar bilan yangi Memorandum imzoladi.