O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va tibbiyot texnologiyalari sohasi jadal o‘sishni boshdan kechirmoqda hamda mazkur yo‘nalishda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqda.
Kuni kecha Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazida "Sog‘liqni saqlash va tibbiyot texnologiyalari sohasida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi va mehnat munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlari" mavzusida Konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi, elchi o‘rinbosari, missiya rahbari o‘rinbosari Elis Volken xonim, Germaniya-O‘zbekiston sog‘liqni saqlash hamkorligining holatini tekshirish “Tashkent International Medical Center” MCHJ direktori janob doktor Maykl Kramer va Janob doktor Andreas Shnayder, KFV Taraqqiyot banki, KFVning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi direktori, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, "NETSCI GmbH,, boshqaruvchi direktori Janob Prof.D.r. Mattias Kramer, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi direktori,Tibbiyot fanlari doktori, professor Akilov Xabibulla Ataullaevich Akilov Xabibulla Ataullayevich, GIZning Toshkentdagi vakolatxonasidan Korneliya Bekker xonimlar tomonidan qator mavzularda maʼruzalar taqdim qilindi.
Jumladan, Germaniya sog‘liqni saqlash sanoati, O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika mahsulotlarini davlat tomonidan tartibga solish, O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari va sog‘liqni saqlash va tibbiyot texnologiyalari sohasidagi ishbilarmonlik aloqalari, O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida GIZ portfeli, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro farmatsevtika kompaniyalari uchun biznes yuritish va hamkorlik qilish shartlari, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashda IT - Toshkentdagi xususiy shifoxona nuqtai nazaridan tajriba hisoboti, O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika mahsulotlarini davlat tomonidan tartibga solish kabi mavzularda maʼruzalar taqdim qilinib o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.
Men ham O‘zbekiston Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi raisi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Tibbiyot texnologiyalari va innovatsion texnologiyalari bo‘yicha tibbiyot muhandis-texniklari bo‘limi boshlig‘i sifatida ishtirok etib Konferensiya qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasida xalqaro farmatsevtika kompaniyalari uchun biznes yuritish va hamkorlik qilish shartlari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim qildim.
Anjuman davomida Germaniyaning quyidagi to‘qqizta kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan hamkorlik va biznes imkoniyatlarini muhokama qiladilar:
- Abacus Analytical GmbH;
- ACL GmbH;
- Medavis GmbH;
- OPASCA GmbH;
- VISION MED GmbH;
- NursIT Institute GmbH;
- Hospital Medical Technology GmbH;
- Aap Joints GmbH;
- Clinic Tools Deutschland GmbH.
Germaniyadan kelgan delegatsiya aʼzolari O‘zbekistondagi biznes hamkorlar bilan hamkorlik qilishlari mumkin bo‘lgan qator takliflarini bildirdilar.
- sunʼiy intellektni (AI) joriy etish va sog‘liqni saqlash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish;
-davolashning innovatsion usullari va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni, shu jumladan biofarmatsevtika sohasidagi ishlanmalarni joriy etish;- sog‘liqni saqlash tizimini kengaytirishga davlat investitsiyalarini ko‘paytirish hisobiga davlat-xususiy sheriklik (DXSH) orqali sog‘liqni saqlash tizimida qo‘shma loyihalar va korxonalar;
- JSSTning Sog‘lom shaharlar tashabbusiga sodiqlik.
Konferensiyadan so‘ng nemis va o‘zbekistonlik ishtirokchilar o‘rtasida hamkorlik /B+B bo‘yicha muzokaralar tashkil qilindi.
Nemis kompaniyalari laboratoriya va analitik texnologiyalar, tibbiyot muhandisligi, farmatsevtika va fizioterapevtik mahsulotlar, shifoxona axborot tizimlari uchun IT-yechimlar, shuningdek, jarayonni optimallashtirish uchun o‘z takliflarini berdilar.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi hamda Germaniyaning “NETSCI” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.