🎗“Bayramingiz muborak, aziz tibbiyot xodimlari!"

"Milliy tiklanish" DP Toshkent shahar Kengashi, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bilan hamkorlikda
“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Mamlakatimizning ishonchi, salomatligimiz posbonlari bo‘lgan siz oliyjanob kasb egalarini tibbiyot hodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz!
Har qanday vaziyatlarda inson salomatligi uchun kurashib, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish kabi sharafli ishga masʼuliyat bilan yondashib, ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatlaringizni munosib qadirlaymiz, -dedi tadbirda so'zga chiqqan MTDP Toshkent shahar Kengashi raisi Otabek Jiyanbayev.

Tadbir davomida Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Qudratxodjayeva Malika Baxramovnaga partiyaning Tashakkurnomasi hamda “O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot texnika sohasidagi ko‘p yillik xizmati va soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” esdalik nishoni topshirildi.

Tabrik uchun so'zga chiqqan Toshkent shahar hokimining til masalalari bo'yicha maslahatchisi Akmal Ro'zitoyev ham soha hodimlarini bayram bilan qutlab samimiy tilaklarini yo'lladi.