🎗BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ TIBBIYOT XODIMLARI!

Har yili mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelmoqda.

Shu munosabat bilan MTDP Toshkent shahar Kengashi, O‘zbekiston Tibbiyot texnika ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi va partiya Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi hamkorligida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Toshkent pediatriya tibbiyot markazida "Bayramingiz muborak aziz tibbiyot xodimlari" mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tish kerakki, shifokorlik kasbi – eng mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasblardan biri hisoblanadi. Chunki, shifokorlarning mahorati, malakasi insonlarning hayoti va taqdirida muhim o‘rin egallaydi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Tibbiyot xodimlari kuni” bilan yig‘ilganlarni samimiy qutlab mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, qadr-qimmatini ulug‘lashda sog‘liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar. Ayni shu maqsadda respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish va uning rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi va bu haqda so‘z yuritganda, keyingi besh yilda sohaga oid 200 dan ortiq qonun hujjatlari, jumladan, 2019-2025 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganini aytib o'tdilar.

Tadbirda Alisher Hamraev boshchiligidagi O’zbekiston veteran jangchi faxriylari va jangovar harakatlari birlashmasi qoshidagi Vatanparvar fidoiylar badiiy targ’ibot jamoasining bayram konserti yig'ilganlarga yanada ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir so‘ngida Pediatriya tibbiyot markazining bir guruh fidoiy shifokorlari hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlariga MTDPdan saylangan tibbiyot xodimlari bo‘lgan deputatlarga MTDP Toshkent shahar Kengashi hamda O‘zbekiston Tibbiyot texnika ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasi tomonidan Tashakkurnoma, ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.