18.01.2023
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga va Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasiga tashrifim chog'ida mazkur maskanda amalga oshirilgan katta bunyodkorlik ishlarini hamda yaratilgan sharoitlarni ko'rib qalbim iftihorga toldi.
Mazkur tibbiyot maskaniga so'nggi rusumdagi tibbiyot texnikalari, asbob -uskunalari olib kelinganligi soha rivojiga ulkan hissa qo'shadi.
Mazkur yo'nalishda keskin burilishga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Tibbiyot boshqarmasi boshlig'i Abdulahatov Baxadir Sharifjonovich hamda Markaziy harbiy klinik shifoxonasi bosh shifokori Raximqulov Xudoyqul Hakimovichlarga O'zbekiston Respublikasi tibbiyot sohasi va tibbiyot texnikasi rivojlanishida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik tariqasida Tashakkurnomalar topshirdim.
Shuningdek, Baxadir Sharifjonovichga O'zbekiston tibbiyot texnika ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uyushmasning maxsus ko'krak nishonini ham taqdim etdim.
Kelgusida amalga oshirayotgan hamkorligimiz yanada mustahkam va bardavom bo'lishida umud bildirgan holda mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!